Innovatsiya markazi rezidentlariga AKT sohasida raqobatdosh loyihalarni ichki va tashqi bozorlarda sotish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb etishda yordam ko‘rsatiladi.

Dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilar va eksportchilarning Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvida mamlakatimizda tashkil etilayotgan Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha innovatsiya markazi doirasida yurtimiz dasturchilariga taqdim etilayotgan yangi imkoniyatlar, iqtisodiyotning yuqori texnologiyali tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha davlatimiz amalga oshirayotgan chora-tadbirlar muhokama etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tashkil etgan tadbirda “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi, “Uzinfocom” komputer va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazi, mamlakatimizning yetakchi korxona va kompaniyalari, AKT sohasida mutaxassislar tayyorlaydigan oliy o‘quv yurtlari vakillari, telekommunikatsiya texnologiyalari sohasi olimlari va mutaxassislari, jurnalistlar ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi Sh.Shermatov so‘nggi yillarda davlat boshqaruvining barcha sohalarida zamonaviy AKTni joriy qilish bo‘yicha bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan islohotlar va davlat xizmatlari ko‘rsatish mexanizmlari axborot texnologiyalarini rivojlantirish, "elektron hukumat" tizimini kengaytirish va amaliyotga tatbiq etish borasida salmoqli natijalarga erishish imkonini berayotganini ta’kidladi. O‘zbekistonda AKT uchun dasturiy ta’minot mahsulotlarini xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish, raqobatbardosh dasturiy mahsulotlar yaratishni kengaytirishda mamlakatimiz ixtirochilarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturida ko‘zda tutilgan boshqa vazifalarni amalga oshirish, AKT mahsulotlarini eksportga yetkazib berishni ko‘paytirish maqsadida 2017-yil 30-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni qabul qilindi.

Ushbu hujjatga muvofiq, axborot texnologiyalari sohasida xo‘jalik yurituvchi subyektlar, dasturiy mahsulotlar ishlab chiquvchilarini birlashtiradigan Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha «Mirzo Ulugbek Innovation Center» innovatsiya markazi tashkil etiladi. Markaz eksterritoriallik prinsipi asosida faoliyat yuritadi, ya’ni AKT sohasidagi korxonalar mamlakatimiz hududida joylashuvidan qat’i nazar, uning rezidentlari bo‘lishi mumkin. Mazkur prinsip O‘zbekistonda AKT mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi.

Xo‘jalik yurituvchi subyektlar va oliy ta’lim muassasalarining axborot texnologiyalari mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda ichki va tashqi bozorlarda sotishga qaratilgan o‘zaro hamkorligini kengaytirish uchun zarur tashkiliy-texnik va moliyaviy-iqtisodiy shart-sharoitlar yaratish Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha innovatsiya markazining asosiy vazifalaridan biridir.

Innovatsiya markazi rezidentlariga AKT sohasida raqobatdosh loyihalarni ichki va tashqi bozorlarda sotish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb etishda yordam ko‘rsatiladi. Bundan tashqari, markaz oliy ta’lim muassasalari va kasb-hunar kollejlarining «axborot texnologiyalari» mutaxassisligi bo‘yicha bitiruvchilarini ishga joylashtirilishini ta’minlash, shu jumladan, iqtidorli yoshlar tomonidan «start-ap» loyihalarini amalga oshirishda ularni qo‘llab-quvvatlashda faol ishtirok etadi. AKT sohasida faoliyat yuritadigan kadrlar markaz bazasida qisqa muddatli va o‘rta muddatli ixtisoslashtirilgan kurslarni tashkil etish, shu jumladan, chet el mutaxassislarini taklif etish yo‘li bilan malakasini oshiradi va qayta tayyorlanadi.

Tadbirda Innovatsiya markazi rezidentlariga ko‘plab imtiyoz va preferensiyalar berilishi ta’kidlandi. Xususan, ular 2028-yil 1-yanvargacha barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalarni, yagona ijtimoiy to‘lovni to‘lashdan ozod etiladi. Shuningdek, ular O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, o‘z ehtiyojlari uchun olib kiriladigan uskunalar, butlovchi qismlar, detallar, uzellar, texnologik hujjatlar, dasturiy ta’minot vositalari uchun bojxona to‘lovlari to‘lamaydi (bojxona yig‘imlaridan tashqari).

Mutaxassislar ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savolga atroflicha javob qaytardi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dasturchilar uchun yangi imkoniyatlar