Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

22.04.2018 10:00 Chop etish versiyasi

Bir dona “Bugatti” narxiga 84 ta mashina, 3 ta harbiy samolyot va bitta yaxta sotib olish mumkin

Bir dona “Bugatti” narxiga 84 ta mashina, 3 ta harbiy samolyot va bitta yaxta sotib olish mumkin
Avtomobillarga oid qiziqarli ma’lumotlar

Har bir mashinada 30 mingga yaqin detal (parcha) bor.

Elektromobillarning eng muhim xususiyati – ovoz chiqarmasligidir. Faqat AQSH va Yevropa qonunlariga ko‘ra, elektromobillar piyodalarni urib yubormaslik uchun sun’iy ovoz chiqarishi shart.

Jahon miqyosida bitta avtomobilning 95 foiz “umri” to‘xtagan holda o‘tar ekan.

Radioli mashina ishlab chiqarilganda, e’tirozlar ko‘p bo‘lgan ekan. Shulardan biri, haydovchilar radio bilan chalg‘ib piyodalarni urib yuborishi edi.

Turkiyada tez-tez o‘g‘irlanadigan avtomobil signallarini Nyu-Yorkda o‘g‘irlash man etiladi.

Braziliyada sotiladigan mashinalarning 90 foizi shakarqamishdan ishlab chiqariladigan etanol yoqilg‘isi bilan yuradi.

volkswagenlogo.jpg

“Bentli”, “Bugatti”, “Lamborgini”, “Audi”, “Dukati” va “Porshe” markalari “Folksvagn”ga tegishlidir.

Rossiyada mashinalarni iflos holda boshqarish mumkin emas. Aks holda haydovchi jarimaga tortiladi.

Ralf Tetor tomonidan ishlab chiqilgan “avtomobil skorosti”– yoqilg‘i tejash imkonini beradigan tizim. Lekin, qizig‘i shundaki, Tetor tug‘ma ko‘r bo‘lgan.

XX asrda faytunlar ko‘chalarni iflos qilgani uchun motorli transport vositalari ekologiyani ifloslantirmaslik maqsadida qo‘llanilar edi. Bugun esa buning butunlay teskarisi.

Google ishlab chiqargan dunyodagi ilk haydovchisiz mashina 2012 yili Neva ko‘chalarida yura boshladi.

Bir dona “Bugatti” narxiga 84 ta mashina, 3-ta harbiy samolyot va bitta yaxta sotib olish mumkin.

Har yili 1 million 250 ming kishi transport hodisasi qurboniga aylanadi.


T.Nizomov tayyorladi


3 534