O‘zA O`zbek

14.04.2019 11:12 Chop etish versiyasi

Axborot texnologiyalari sohasida Oʻzbekiston-Qozogʻiston hamkorligi mustahkamlanmoqda

Axborot texnologiyalari sohasida Oʻzbekiston-Qozogʻiston hamkorligi mustahkamlanmoqda

Mamlakatimizda iqtisodiyotining turli tarmoqlari, davlat boshqaruvi tizimiga zamonaviy texnologiyalar joriy etilmoqda. Axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalar sohasi rivojlantirilmoqda. 

Ayni yoʻnalishdagi ishlarda ham mamlakatimiz Qozogʻiston bilan oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻygan. 2018 yilda oʻzaro hamkorlik yangi kelishuvlar, bitimlar bilan boyidi.

Xususan, Toshkentda raqamli texnologiyalar sohasi boʻyicha tashkil etilgan Oʻzbekiston – Qozogʻiston biznes-forumi doirasida “Universal Bank” ATB Qozogʻistonning “Kazteleport” AJ axborot texnologiyalari kompaniyasi, shuningdek, “UZINFOCOM Yagona integratori” va Qozogʻistonning “Milliy axborot texnologiyalari” aksiyadorlik jamiyati oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim va memorandumlar imzolandi.

OʻzA
1 073