“Uzinfocom” komputer va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazi Toshkent shahridagi Inha universiteti bilan o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori S.Boboxo‘jayev, “Uzinfocom” komputer va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazi rahbari H.Isayev O‘zbekiston iqtisodiyotining barcha tarmoqlarini axborotlashtirish va komputerlashtirish jarayoni kengayayotgani bois axborot texnologiyalari sohasida dasturchi, o‘rnatiladigan tizimlar mutaxassisi, komputer muhandisi kabi yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga bo‘lgan ehtiyoj ham ortib borayotganini ta’kidladi.

Tomonlar imzolangan memorandum doirasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida mamlakatimiz korxonalari uchun kadrlar tayyorlash, axborot texnologiyalari bozorida bunday mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojni ta’minlashga qaratilgan qo‘shma loyiha va dasturlar ishlab chiqish hamda amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Xususan, Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari tajriba orttirish va o‘z innovatsiya g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish uchun yangi imkoniyatlarga ega bo‘ladi.

Dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish, tatbiq etish va qo‘llab-quvvatlash, keyinchalik yanada takomillashtirish bo‘yicha yangi markaz bu borada muhim o‘rin tutadi. Markazda universitet talabalari ham tajribali mutaxassislar bilan birgalikda dasturiy mahsulotlar ishlab chiqishda ishtirok etadi. Talabalar va “Uzinfocom” markazi xodimlaridan iborat hamkor jamoa respublika va xalqaro grant dasturlarida ishtirok etib, tijorat loyihalarini amalga oshiradi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Axborot texnologiyalari mutaxassislari tayyorlash takomillashmoqda