Texnologiyalar

Eng yaxshi veb-saytlar aniqlandi

O‘zA, 28.09.2009 18:11

Poytaxtimizda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida o‘tkazilgan UZ milliy domenidagi saytlarning Internet-festivali g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Prezidentimiz Islom Karimovning 2002 yil 30 may kuni qabul qilingan “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida”gi farmoni mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya tizimini zamon talablari asosida takomillashtirishda muhim omil bo‘lmoqda. Ushbu hujjatga muvofiq 2002-2010 yillarda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturi asosida amalga oshirilgan izchil islohotlar samarasida mamlakatimizda tezkor axborot almashinuvini ta’minlash, axborot yetkazish jadal rivojlanmoqda. Mamlakatimizdagi barcha vazirlik, idora va tashkilotlarda zamonaviy kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, jamoatchilikka tezkor axborot yetkazish izchil yo‘lga qo‘yilib, internet tarmog‘ida ularning doimiy ishlaydigan veb-saytlari ochilgan. Ayni paytda UZ milliy domenidagi veb-saytlar soni 9000 dan oshgani ham bu boradagi ishlar samarasidir.

29 apreldan 25 sentabrgacha o‘tkazilgan Internet-festivalidan ko‘zlangan
maqsad internet tarmog‘ida milliy resurslar va xizmatlar bozorini jadal rivojlantirish, sohalarda zamonaviy texnologiyalarni keng tatbiq etish hamda bu boradagi yutuqlarni ommalashtirishdan iborat. Festivalning tanlov dasturida 750 dan ortiq sayt ishtirok etdi. Hakamlar hay’ati va jamoatchilik bergan ovozlar asosida 13 mavzu hamda 3 nominatsiya bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

“Eng yaxshi OAV sayti” nominatsiyasi bo‘yicha O‘zbekiston Milliy axborot agentligi – O‘zA sayti (www.uza.uz) uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Birinchi o‘rin “Gazeta.uz” (www.gazeta.uz) saytiga berilgan bo‘lsa, ikkinchi o‘rinni reklama haqidagi PR.uz (www.pr.uz) sayti egalladi.

O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi “Eng yaxshi davlat boshqaruvi organi sayti” (www.aci.uz), yo‘nalishida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, “Bilayn” (www.beeline.uz) “Eng yaxshi korporativ sayt” deb topildi. Shuningdek, tanlov davomida fan va ta’lim, madaniyat va san’at, sport, meditsina va sog‘liqni saqlash, turizm va sayyohlik, elektron savdo, xizmatlar tarmog‘i, davlat tili va boshqa yo‘nalashdagi eng yaxshi saytlar aniqlandi.

Festival g‘oliblarini taqdirlash marosimida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.Oripov so‘zga chiqdi.

So‘nggi yangiliklar:

Boshlang‘ich tashkilotlarning muhim vazifalari

O‘g‘lonlar xizmatga otlandi

Majmua yoshlar bilan gavjum

Loydan mo‘jiza yaratish san’ati

San’atsevar bolalar

Reklama

Курс валют (ЦБ) на сегодня:

Reklama