![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
AKT haftaligi nihoyasiga yetdiO‘zA, Madina Umarova, 25.09.2009 15:16 Poytaxtimizda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi nihoyasiga yetdi. Tadbir doirasida AKT sammiti, axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga bag‘ishlangan ilmiy-texnikaviy seminar va konferensiyalar tashkil qilindi. “ICTExpo – 2009” axborot texnologiyalari ko‘rgazmasi haftalikning yakuniy tadbiri bo‘ldi. Mamlakatimizda barcha yo‘nalishlarda, jumladan, AKT sohasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar yuksak samaralar bermoqda. Bunda davlatimiz rahbari Islom Karimovning 2002 yil 30 mayda qabul qilingan “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida”gi farmoni muhim dasturilamal bo‘layotir. Ushbu hujjatga muvofiq 2002-2010 yillarda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturi ishlab chiqilib, bosqichma-bosqich hayotga tatbiq etilmoqda. “ICTExpo – 2009” ko‘rgazmasi yurtimizda va xorijda AKT sohasida qo‘lga kiritilgan yutuqlar, eng yangi ishlanmalar, keng turdagi o‘ziga xos xizmatlar bilan tanishish, yangi mahsulotlarni namoyish etish, tajriba almashish, savdo shartnomalari va hamkorlik bitimlari tuzish, ko‘p tomonlama aloqalarni yanada kengaytirish imkonini berdi. Uning pavilyon va bo‘limlari simli va simsiz telekommunikatsiya texnologiyalari, telekommunikatsiya tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish va ishga tushirish, ko‘chma radioaloqa, kompyuter texnikasi, dasturiy ta’minot, proyeksiyali va raqamli foto-video, axborotni himoya qilish tizimlari, yo‘ldosh va kabelli televideniye, teleradioeshittirish kabi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oldi. – Abonentlarimiz soni olti yarim milliondan oshdi, – deydi “MTS-O‘zbekiston” ochiq aksiyadorlik kompaniyasi marketing departamenti rahbari Bobir Nazarzoda. – Kompaniyamiz signal doirasi mamlakatimiz hududining to‘qson foizdan ortig‘ini qamrab olgan. O‘tgan yilning dekabridan 3G UMTS standartida aloqa xizmati yo‘lga qo‘yildi. Bularning barchasi O‘zbekistonda axborot texnologiyalarini keng rivojlantirishga qaratilayotgan doimiy e’tiborning samaralaridandir. AKT haftaligi keng jamoatchilikka O‘zbekistonda axborot jamiyatini shakllantirish borasida qo‘lga kiritilgan yangi yutuqlar bilan tanishish imkonini berdi. Shubhasiz, “ICTExpo – 2009” haftaligi mamlakatimizda AKT bozorini yanada rivojlantirish, sohada xalqaro hamkorlik ko‘lamini yanada kengaytirish va mustaham amaliy aloqalar o‘rnatishga xizmat qiladi. So‘nggi yangiliklar: Boshlang‘ich tashkilotlarning muhim vazifalari |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |