![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
O‘zbekistonda axborot texnologiyalari jadal rivojlanmoqdaO‘zA , Nodira Manzurova, 23.09.2009 17:35
Mamlakatimizda davom etayotgan Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida “O‘zko‘rgazmasavdo” pavilyonlarida 23 sentabr kuni “ICTExpo – 2009” axborot texnologiyalari ko‘rgazmasi boshlandi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi, Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, O‘zbekiston axborot texnologiyalari korxona va tashkilotlari uyushmasi hamda BMTning Rivojlanish dasturi tomonidan tashkil etildi. Ko‘rgazmaning ochilishida mamlakatimizda Prezident Islom Karimov rahnamoligida iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida, jumladan, AKT sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar yuksak samaralar berayotgani alohida ta’kidlandi. Yurtimizda qulay sarmoyaviy muhit yaratilgani xorijiy davlatlar bilan savdo-iqtisodiy munosabatlarni yanada kengaytirish, jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashish, barcha sohalarda tajriba almashish va ilg‘or texnologiyalarni o‘zlashtirishda muhim omil bo‘lmoqda. Mamlakatimizda telekommunikatsiyalar sohasida keng miqyosli loyihalar amalga oshirilmoqda. Sun’iy yo‘ldoshli stansiyalar uchun uskunalar tayyorlash, telekommunikatsiya tarmog‘ini modernizatsiyalash shular jumlasidandir. Bunday loyihalarni amalga oshirish natijasida yurtimizning barcha shahar va viloyatlarida yangi raqamli ATSlar ishga tushirildi. Xalqaro, shaharlararo va ichki aloqa uchun 55 600 kilometr uzunlikdagi optik-tolali kabel yotqizilib, mutlaqo yangi magistral aloqa tizimlari yaratildi, teleradiostansiyalar modernizatsiya qilindi. Uyali aloqa tizimi va internetdan foydalanuvchilar soni muttasil ko‘paymoqda. “ICTExpo – 2009” ko‘rgazmasi bir vaqtning o‘zida Toshkent va Nukus shaharlarida o‘tkazilmoqda. Shu kunlari tashkil etiladigan video-ko‘prik xizmati ziyoratchilarga bir vaqtning o‘zida har ikkala ko‘rgazma eksponatlari bilan tanishish imkonini beradi. Ko‘rgazmada O‘zbekiston, Rossiya, Ukraina, Xitoy, Avstriya, Germaniya, Koreya, Vengriya kabi mamlakatlardan 150 korxona, firma va kompaniya o‘z mahsulotlari va xizmatlari bilan ishtirok etmoqda. – Kompaniyamiz virus, spam va xakerlar hujumidan himoya qiluvchi tizimlarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi, – deydi Rossiyaning “Labaratoriya Kasperskogo” kompaniyasi mintaqaviy texnik menejeri Kirill Suvorov. – O‘zbekistonda iqtisodiyotning barcha tarmoqlari, shu jumladan, axborot texnologiyalari sohasi ham jadal rivojlanayotganiga guvoh bo‘ldik. Maqsadimiz yurtingiz bilan ushbu sohadagi hamkorlikni yanada mustahkamlashdan iborat. Yurtimizda va xorijda AKT sohasida qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar, eng yangi ishlanmalar, keng turdagi o‘ziga xos xizmatlar bilan tanishish, yangi mahsulotlarni namoyish etish, tajriba almashish, savdo shartnomalari va hamkorlik bitimlari tuzish, ko‘p tomonlama aloqalarni kengaytirishda mazkur ko‘rgazmaning ahamiyati katta. Zero, ushbu tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad ham O‘zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini rivojlantirish, chet ellik sheriklar bilan bevosita aloqalarni yanada yaxshilash uchun yangi imkoniyatlar yaratishdan iboratdir. Ko‘rgazma axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasining barcha zamonaviy yo‘nalishlarini o‘zida mujassam etgan. Unda simli va simsiz telekommunikatsiya texnologiyalari, telekommunikatsiya tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish va ishga tushirish, ko‘chma radioaloqa, kompyuter texnikasi, dasturiy ta’minot, proyeksiyali va raqamli foto-video, axborotni himoya qilish tizimlari, yo‘ldoshli va kabelli televideniye, teleradioeshittirish, dasturiy ta’minot hamda texnik xizmat ko‘rsatishga oid ko‘plab bo‘limlar bor. Ko‘rgazmada axborot texnologiyalari sohasidagi eng so‘nggi yutuqlar namoyish etilmoqda. Mamlakatimiz telekommunikatsiya bozorida peshqadam hisoblangan “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi pavilyoni alohida e’tiborga loyiq. Kompaniya zamonaviy telekommunikatsiya tarmog‘idan foydalangan holda, ovozli aloqa, ma’lumot uzatish xizmatlarining barcha turlarini, teleradioeshittirish dasturlari, internetdan foydalanish va boshqa xizmatlarni taklif etmoqda. Ko‘rgazma doirasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga bag‘ishlangan ilmiy-texnik konferensiyalar, davra suhbatlari o‘tkazish, taqdim etiladigan dasturlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatish, maktab o‘quvchilari uchun ilmiy tadbirlar o‘tkazish rejalashtirilgan. Ko‘rgazmaning ochilishida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.Oripov so‘zga chiqdi. So‘nggi yangiliklar: Boshlang‘ich tashkilotlarning muhim vazifalari |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |