Texnologiyalar

Qishloqlar telefonlashtirilmoqda

O‘zA, T.Beknazarov, 13.08.2009 11:27

Jizzax viloyatida «Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili» Davlat dasturi doirasida 205 maktab, 55 maktabgacha tarbiya muassasasi, 42 kasb-hunar kolleji va 26 qishloq vrachlik punkti telefonlashtirildi.

Hozir viloyatdagi tumanlar markazlaridan tashqari yirik qishloqlarda ham kichik hajmdagi raqamli telefon stansiyalari ishlab turibdi. Bu chekka qishloqlar aholisiga dunyo aloqa tarmog‘iga bemalol ulanish imkonini bermoqda.

O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi viloyat hududiy boshqarmasi, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi va boshqa tegishli idoralar hamkorligida qishloqlarda internet xizmati yo‘lga qo‘yilayotir.

So‘nggi yangiliklar:

Boshlang‘ich tashkilotlarning muhim vazifalari

O‘g‘lonlar xizmatga otlandi

Majmua yoshlar bilan gavjum

Loydan mo‘jiza yaratish san’ati

San’atsevar bolalar

Reklama

Курс валют (ЦБ) на сегодня:

Reklama