![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
Hamkorlik ko‘lami kengaymoqdaO‘zA, V.Nikolayev, 03.08.2010 10:41 O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligida davlat boshqaruviga axborot texnologiyalarini joriy etish sohasidagi ilg‘or tajribani o‘rganish hamda ikki tomonlama hamkorlik istiqbollariga bag‘ishlangan O‘zbekiston-Janubiy Koreya seminari bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan Koreya Respublikasining bilimlar va iqtisodiyot vazirligi, Axborot texnologiyalarini rivojlantirish milliy agentligi (NIPA) hamda Jahon banki ko‘magida tashkil etildi. Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, vazirlik va idoralar, joylardagi davlat hokimiyati organlari xodimlari ishtirok etdi. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini (AKT) rivojlantirish, xususan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda turli xizmatlarni shakllantirish hamda davlat boshqaruviga joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida hamkorlikni kengaytirishdan iborat. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori H.Muhiddinov Prezident Islom Karimov tomonidan belgilab berilgan AKT sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari mamlakatimizda jahon axborot makoniga integratsiyalashish borasidagi ishlarni jadal amalga oshirish maqsadida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jamiyatimiz hayotining barcha jabhalarida keng qo‘llashni ko‘zda tutishini ta’kidladi.Bugun O‘zbekistonda axborot texnologiyalari davlat boshqaruviga faol joriy qilinmoqda. Bu boradagi ishlarni yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish maqsadida qo‘shimcha modulga ega yangi hukumat portali ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etildi. Kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda davlat statistika hisobotlarining elektron shakllarini joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Korxona va tashkilotlarda elektron raqamli imzo qo‘llanadigan elektron hujjat aylanishi tizimi tatbiq etilayotir. Seminarda so‘zga chiqqan NIPA ijrochi direktori Jun Yen Kim “Elektron hukumat” va Koreya Respublikasining xalqaro hamkorlik dasturi”ni taqdim etdi. Tadbir qatnashchilari iqtisodiyotning turli jabhalari va ijtimoiy sohaga, shu jumladan, bank, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy infratuzilmani, elektron pochta xizmatlarini boshqarish sohasiga axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha Janubiy Koreya tajribasi bilan tanishdilar. So‘nggi yangiliklar: To‘kinlik, farovonlik va baraka omili Xolisona tahlil va tanqid ruhida |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |