![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
Zamonaviy telefon tarmoqlariO‘zA, A.Muhammadiyev, 25.01.2010 18:08 Qashqadaryo viloyatida 129 telefon stansiyasi 55 ming 700 abonentga xizmat ko‘rsatmoqda. 2009 yilda Qashqadaryo viloyatining 16 qishlog‘iga 21 ming 536 portga mo‘ljallangan «Koinot El-SGM» qurilmalari o‘rnatilib, aholiga sifatli telefon aloqasi, internet xizmati ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi. Ayni vaqtda Kasbi, Yakkabog‘ tumanlarida uchta qishloq telefon stansiyasi rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi. – Ijtimoiy obyektlarni telefonlashtirish, qishloq telekommunikatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qilish, aholiga yangi xizmat turlarini ko‘rsatishni kengaytirish, ayniqsa, olis qishloqlarni zamonaviy aloqa va internet xizmatlari bilan taminlash ishlari izchil amalga oshirilmoqda, – deydi «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasining «Qashqadaryotelekom» filiali texnik direktori Baxtiyor Jabborov. – Shu maqsadda viloyatga «Koinot El-SGM» qurilmalari olib kelindi. Shuningdek, 671 maktab bepul simsiz aloqa bilan taminlandi. So‘nggi yangiliklar: Boshlang‘ich tashkilotlarning muhim vazifalari |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |