O‘zA O`zbek

10.07.2019 10:48 Chop etish versiyasi

YuNON-RUM KURAShI: Osiyo chempionatining ilk kunida ikkita medal

YuNON-RUM KURAShI: Osiyo chempionatining ilk kunida ikkita medal

Kecha Tailandning Chonburi shahrida boshlangan yunon-rum kurashi bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida hamyurtlarimiz ikkita medalni qo‘lga kiritishdi.

55 kg vaznda gilamga chiqqan Ixtiyor Botirov finalga qadar barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratdi. Faqat hal qiluvchi bahsdagina imkoniyatni boy berdi va qit’a chempionatining kumush medali bilan kifoyalandi. Yana bir vakilimiz - Dilshod Omongeldiev 77 kg vaznda kurash tushib, bronza medali bilan taqdirlandi.

O‘zA
514