Poytaxtimizning Chilonzor tumanida 18-30 yoshli uyushmagan yoshlar o‘rtasida sportning minifutbol, stol tennisi, shaxmat va shashka turlari bo‘yicha Chilonzor tumani hokimi kubogi musobaqalari o‘tkazilmoqda.

Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, «Mahalla» xayriya jamoat fondi, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Chilonzor tumani bo‘limlari hamkorligida tashkil etilgan musobaqalarga besh yuzga yaqin uyushmagan yosh jalb etildi.

Mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning hayotda munosib o‘rin topishiga ko‘maklashish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, uyushmagan yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ularni sportga jalb etish va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Joylarda tashkil etilayotgan turli sport musobaqalari bu borada muhim ahamiyat kasb etayotir. Musobaqaning birinchi bosqichida tumandagi 51 mahallaning uyushmagan yoshlar jamoalari o‘zaro bahslashdi. Eng yaxshi natija ko‘rsatgan 8 mahalla jamoasi tuman bosqichida g‘oliblik uchun kurashadigan bo‘ldi.

Musobaqaning final uchrashuvida Beshchinor mahallasining «Burgut» va Novza mahallasining «Bunyodkor» jamoalari maydonga tushdi. «Bunyodkor» jamoasi vakillari raqiblarini 7:2 hisobida yengib, kubokni qo‘lga kiritdi. Katta Do‘mbirobod mahallasining «Amir Temur» jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi.

Stol tennisi, shaxmat va shashka sport turlari bo‘yicha tuman bosqichi 21 iyul kuni G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida o‘tkaziladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlarning bo‘sh vaqti mazmunli o‘tmoqda