Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

06.03.2017 13:05 Chop etish versiyasi

Yosh velosportchilar musobaqasi

Poytaxtimizda o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida velosport bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Toshkent shahar kengashi tomonidan tashkil etilgan musobaqada 50 ga yaqin sportchi turli yosh toifalarida ishtirok etdi.

Musobaqaning 11-12 yoshli o‘smirlar o‘rtasidagi bahslarida Ilya Palchik va Katya Kapliya g‘alaba qozongan bo‘lsa, 13-14 yoshli o‘g‘il-qizlar o‘rtasida Abror Boboyev va Sofiya Karshova birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. 15-16 yoshli o‘g‘il bolalar o‘rtasida o‘tkazilgan poygada Yevgeniy Chebotarev marraga birinchi bo‘lib yetib keldi.

Musobaqa g‘olib va sovrindorlariga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA
433






Все о погоде - Pogoda.uz