Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

10.04.2017 14:56 Chop etish versiyasi

Yosh polvonlar saralandi

Chirchiq shahrida dzyudo bo‘yicha 1997-1998-yillarda tug‘ilgan yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi.

O‘zbekiston jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi tomonidan terma jamoamiz zaxirasini shakllantirish va iste’dodli sportchilarni kashf etish maqsadida tashkil etilgan musobaqada 500 dan ziyod polvon g‘oliblik uchun kuch sinashdi.

Chempionatda Manuchehr Shirinov, Behruz Amindavlatov, Artyom Shturbabin, Yusufbek Normamatov, Shermuhammad Jandreyev, Sardor Karimov, Artyom Bagdasarov, Alisher Yusupov o‘z vazn toifasida birinchi o‘rinni egalladi.

Qizlar o‘rtasida Gulnur Murodboyeva, Jahona Turkmanova, Husnora Xudoynazarova, Olmaxon Egamberdiyeva, Madina Inomjonova, Hojinisa Kamoliddinova, Nodira Yo‘ldosheva shohsupanig eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA
308






Все о погоде - Pogoda.uz