O‘zA O`zbek

18.07.2018 18:06 Chop etish versiyasi

Yosh gandbolchilarimiz jahon kubogi sohibi

Yosh gandbolchilarimiz jahon kubogi sohibi Joriy yil 5-11 iyul kunlari Italiyaning Teramo shahrida Xalqaro gandbol federatsiyasi taqvimiga kiruvchi 46-xalqaro “Interamnia” jahon kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Turli yosh toifalari o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada dunyoning 34 mamlakatidan 123 jamoa ishtirok etdi. Unda yurtimiz sharafini 2000 yilda tug‘ilgan sportchilardan iborat terma jamoa himoya qilgan va o‘tkazilgan yetti uchrashuvning barchasida zafar quchib, oltin medal hamda jahon kubogiga sazovor bo‘lgan edi.

Poytaxtimizda ushbu musobaqa g‘oliblari va murabbiylarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 

24-faqat saytga.JPG

Oqil G‘ulomov (surat) O‘zA
2 764