Avval xabar berganimizdek, yosh bokschilarimiz Rossiyada o‘tgan xalqaro turnirda o‘nta oltin medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallagan edi.

Toshkent temir yo‘l vokzalida sportchilarimiz munosib kutib olindi. Unda O‘zbekiston boks federatsiyasi vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Mamlakatimizda sportni, jumladan, bolalar sportini rivojlantirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodning har tomonlama sog‘lom va barkamol insonlar bo‘lib voyaga yetishini ta’minlash, ularning iste’dod va salohiyatini yuzaga chiqarish, iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlashga doimiy e’tibor qaratilmoqda. Buning samarasida turli nufuzli musobaqalarda Vatanimiz sharafini munosib himoya qilishga qodir sportchilar voyaga yetmoqda.

Bu Rossiyada o‘tgan xalqaro turnirda yana bir karra o‘z isbotini topdi. Tajriba va mahorat, iroda va shijoat bobida har tomonlama ustun ekanini isbotlagan bokschilarimiz o‘n vazn toifaning barchasida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Rossiya, O‘zbekiston, Belarus, Qozog‘iston, Ukraina kabi davlatlardan eng iqtidorli bokschilar qatnashgan turnirda Ahmadjon Ahmedov, Koblanbay To‘raboyev, Farhod Eshmuhamedov, Ruslan Abdullayev, Asadbek Abduraimov, Farruxbek Hasanov, Login Petrov, Nurislom Isomilov, Jahongir Zokirov, Shohjahon Abdullayev o‘z vazn toifasida barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. Musobaqada o‘zining texnik va taktik mahoratini namoyish etgan N.Ismoilov musobaqaning eng yaxshi bokschisi, deya tan olindi.

4 (1).jpg

– Bokschilarimizning bu g‘alabasi yurtimizda mohir charm qo‘lqop ustalarining yangi avlodi voyaga yetayotganidan dalolatdir, – deydi murabbiy Lazizbek Zokirov. – Kelgusida mana shu sportchilarimiz jahon va qit’a chempionatlarida, Olimpiya va Osiyo o‘yinlarida yuksak g‘alabalarga erishib, O‘zbekiston sportchilarining salohiyatini butun dunyoga namoyon etishiga ishonaman.

G‘oliblarimizdan biri Shohjahon Abdullayev o‘n besh yoshda. Sakkiz yildan beri boks bilan muntazam shug‘ullanib kelayotgan sportchimiz hozirgi kunda Respublika olimpiya zaxiralari kollejining 9-sinf o‘quvchisi. Yosh bo‘lishiga qaramay O‘zbekiston chempionatida bir marta g‘alaba qozongan, ikki marta kumush medalni qo‘lga kiritgan. Shu yil iyun oyida Qozog‘istonda o‘tgan xalqaro turnirda ham birinchi o‘rinni egallagan.

1 (1).jpg

– Sportchi sifatida o‘z oldimga katta maqsadlarni qo‘yganman, – deydi u. – Asosiysi, Prezidentimiz, xalqimiz, ota-onam va murabbiylarim ishonchini doim oqlash, har qanday nufuzli musobaqada faqat g‘alaba uchun bor kuch-g‘ayratim bilan harakat qilish eng katta orzuimdir.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh bokschilarimiz xalqaro turnir g‘olibi