Shaxmat bo‘yicha jahon chempioni, yosh xalqaro grossmeyster Nodirbek Abdusattorovga Prezidentimiz sovg‘asi topshirildi.

Shu munosabat bilan Shaxmat bo‘yicha respublika ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabida tadbir bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi raisi R.Qurbonov va boshqalar bolalar sportini rivojlantirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishiga keng imkoniyat yaratish, ularning iqtidor va salohiyatini yuzaga chiqarishga qaratilayotgan doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik samarasida yurtimiz yoshlari jahon sport arenalarida yuksak natijalarga erishayotganini alohida ta’kidladi.

3.jpg

Yosh shaxmatchimiz Nodirbek Abdusattorov erishayotgan natijalar buning yaqqol tasdig‘idir. Nodirbek 2011 yili ikki yirik musobaqa – Hindistonda maktab o‘quvchilarining Osiyo chempionatida oltin va Filippinda o‘smirlar o‘rtasidagi qit’a birinchiligida bronza medalni qo‘lga kiritgan. 2012-yil Sloveniyaning Maribor shahrida o‘tkazilgan jahon chempionatida oltin medalga sazovor bo‘lgan, Hindistonning Dehli shahrida maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi VIII Osiyo chempionatining rapid – tezkor shaxmat bahslarida kumush medal bilan taqdirlangan.

2014-yili poytaxtimizda o‘tkazilgan shaxmat bo‘yicha Osiyo chempionatida Nodirbek Abdusattorov o‘n yoshgacha bo‘lgan shaxmatchilar bahsida shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan, blits turnirda esa kumush medalni qo‘lga kiritgan. Janubiy Afrika Respublikasining Durban shahrida bo‘lib o‘tgan shaxmat bo‘yicha 8-18 yoshli o‘g‘il-qizlar o‘rtasidagi jahon chempionatida ikkinchi o‘rinni egallagan.

2016-yili Rossiyaning Sochi shahri mezbonlik qilgan maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi jahon chempionatida ikkita oltin medalga sazovor bo‘lgan. 2016-2017 yillarda Rossiya va Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkazilgan nufuzli musobaqalarda munosib ishtirok etib, xalqaro grossmeyster talabini bajargan.

14.jpg

– Farzandimning bunday ulkan yutuqlarga erishayotgani mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan ulkan e’tibor tufaylidir, – deydi Nodirbekning otasi Fazliddin Ochilov. – Uning xalqaro maydondagi nufuzli musobaqalarda Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib, yurtimiz yoshlari iste’dod va salohiyat bobida hech kimdan kam emasligini va hech qachon kam bo‘lmasligini isbotlayotganidan faxrlanaman.

Jahon chempioni, xalqaro grossmeyster Nodirbek Abdusattorov Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan eng so‘nggi rusumdagi zamonaviy noutbuk bilan taqdirlandi.

– Prezidentimizning biz, yoshlarga bildirayotgan yuksak ishonchini oqlashga harakat qilamiz, – deydi Nodirbek Abdusattorov. – Bu ishonch bizga kelajakda yanada yuksak marralarni egallashga kuch-g‘ayrat bag‘ishlaydi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro grossmeyster Nodirbek Abdusattorovga Prezidentimiz sovg‘asi topshirildi