O‘zA O`zbek

01.03.2018 20:43 Chop etish versiyasi

“Uzbek Tigers”ning g‘alabalari

“Uzbek Tigers”ning g‘alabalari “Uzbek Tigers” va "Colombia Heroicos" jamoalari o‘rtasidagi ikkinchi uchrashuvda vazni 60 kilogrammgacha bo‘lgan Shunqor Abdurasulov va Duvan Zuleta o‘zaro raqobatlashdi.

Ushbu bellashuvda Shunqorning aniq zarbalariga qarshi Duvan chora topa olmadi va texnik nokautga uchradi.

Shunqor2.JPG

“Uzbek Tigers” va "Colombia Heroicos" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Hasanboy Do‘smatov bokschilarimizdan dono maslahatlarini bermoqda.

“Biz bir oilamiz, ringdagi bokschilarning biri akam, biri ukam boshqasi do‘stimdir. Men ular g‘alaba qozonsa quvonaman, aksincha, mag‘lub bo‘lsa xafa bo‘laman. Mazkur jangda g‘alaba qozonishimizga ishonaman. Bugungi tarkibning hammasi yaxshi bokschilar. Ular bilan faxrlanaman”, deydi Hasanboy Do‘smatov.

Shunqor1.JPG

“Uzbek Tigers” va "Colombia Heroicos" jamoalari o‘rtasidagi ikkinchi uchrashuvda vazni 69 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar — Mahmud G‘oipov va Aleksandr Ranxel bahsi ajoyib tarzda o‘tdi.

Unda bokschimizning kolumbiyalik raqibi to‘rtinchi raundda maglubiyatini tan olib jangni davom etira olmadi.

Javohir Toshxo‘jayev, Muhammad Amin (surat), O‘zA
7 185