O‘zA O`zbek

10.07.2019 11:40 Chop etish versiyasi

Universiada-2019: Bugun ham taekvondochilarimiz bahslarga kirishadi

Universiada-2019: Bugun ham taekvondochilarimiz bahslarga kirishadi

Bugun Italiyaning Neapol shahrida o‘tkazilayotgan talabalar o‘rtasidagi Butunjahon Universiada o‘yinlarining yettinchi kun bellashuvlariga start beriladi.

Ushbu kun doirasida terma jamoamiz vakillari taekvondo, yengil atletika, tennis va kamondan otish sport turlari bo‘yicha bahs olib borishi belgilab qo‘yilgan.

photo5274043892313991680.jpg

Bugun bahslarga kirishadigan hamyurtlarimiz ro‘yxati:

Taekvondo:

-58 kg: Suhrob Bobobekov – Yusri Ismoil (Saudiya Arabistoni)

-67 kg: Nigora Tursunqulova – Vafse El Atri (Marokash)

Yengil atletika:

Sanobar Erkinova – nayza uloqtirish

Tennis:

Humoyun Sultonov – Jeyms Kikan (AQSh)

Fayziev / Sultonov – seng / Vu (Xitoy Taipeyi)

Umarova / Fayziev – Li / Vu (Xitoy Taipeyi)

Kamondan otish:

Yunus Sarmambetov

Javlonbek Abdubakirov

Gulnozaxon Maxammadjonova

Gulmira O‘rinboeva

O‘zA
487