Poytaxtimizda shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining oliy liga musobaqalari o‘tkazilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi hamda mamlakatimiz shaxmat federatsiyasi tashkil etgan musobaqada yigirmadan ziyod eng kuchli sportchi g‘oliblik uchun bahslashmoqda.

Erkaklar o‘rtasida Ulug‘bek Tillayev 3 ochko bilan musobaqa jadvalida yetakchilik qilmoqda. Uch partiyada Nikita Xoroshev, Sherali Qarshiyev va Bahodir Xolmirzayevni yenggan Ulug‘bek to‘rtinchi turda Alisher Bekmurodov bilan bahslashadi.

Musobaqada mag‘lubiyatsiz o‘ynayotgan Saidakbar Saydaliyev va Shamsiddin Vohidov 2,5 ochkodan jamg‘argan. Akmal Fayzullayevda 2 ochko, Nikita Xoroshev va Ortiq Nig‘matov hisobida 1,5 ochkodan bor.

Xotin-qizlar o‘rtasidagi bahslarda Nilufar Yoqubboyeva uch partiyada Irina Gevorgyan, Bahora Abdusattorovani yengib, Gulruhbegim Tohirjonova bilan durang o‘ynadi va 2,5 ochko jamg‘argan holda birinchi o‘rinda bormoqda.

Bahora Abdusattorova, Gulruhbegim Tohirjonova, Irina Gevorgyan va Nodira Nodirjonova bir xil – uch imkoniyatdan ikki ochko jamg‘argan, Sevara Boymurodova va Yulduz Hamroqulova 1,5 ochkoga ega.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ulug‘bek va Nilufar yetakchilik qilmoqda