O‘zA O`zbek

10.07.2019 19:11 Chop etish versiyasi

Triatlonchilarimiz Markaziy Osiyo chempionatida 3 ta medalni qoʻlga kiritdi

Triatlonchilarimiz Markaziy Osiyo chempionatida 3 ta medalni qoʻlga kiritdi

Qirgʻizistonning Choʻlpon ota shahrida triatlon boʻyicha Osiyo ochiq kubogi va Markaziy Osiyo chempionati boʻlib oʻtdi.

Mazkur musobaqa Xalqaro triatlon ittifoqi (ITU) va Osiyo triatlon konfederatsiyasi (ASTC) shafeligida oʻtkazildi. Issiqkoʻl qirgʻogʻida oʻtgan mazkur nufuzli musobaqalarda Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Ukraina, Moʻgʻuliston, Gonkong, Suriya, Yaponiya, Tayvan, Qatar va Qirgʻiziston kabi 14 mamlakatdan 300 dan ortiq sportchi ishtirok etdi.

Markaziy Osiyo chempionatining oʻsmirlar oʻrtasidagi sprint masofasida (0,75 km suzish, 20 km velopoyga va 5 km yugurish) sportchilarimiz murabbiy Viktor Zarodov boshchiligida ikkita oltin va bitta kumush medalni qoʻlga kiritdi.

Jumladan, “Junior Mento“ yoʻnalishida qatnashgan hamyurtimiz Aleksandr Reshetnikov 1 soat 1 daqiqa 20 soniya natija bilan oltin medalni qoʻlga kiritgan boʻlsa, Ekaterina Ryazanova “Junior Women” toifasida 1 soat 13 daqiqa 32 soniya natija bilan shohsupaning eng yuqori pogʻonasidan joy oldi. Mazkur yoʻnalishda ishtirok etgan Latofat Sodiqova 1 soat 13 daqiqa 44 soniya natija bilan kumush medal sohibasiga aylandi.

Javohir TOSHXOʻJAYEV, OʻzA
782