O‘zA O`zbek

12.06.2019 19:32 Chop etish versiyasi

Toshkentlik Fernanda Xereralara oltin medalga sazovor boʻldi

Toshkentlik Fernanda Xereralara oltin medalga sazovor boʻldi

Poytaxtimizdagi qilichbozlik majmuasida 2005-yilda tugʻilgan va undan kichik yoshdagi sportchilar oʻrtasida “Olimpiya umidlari” respublika ochiq turniri nihoyasiga yetdi.

Bugun yosh sportchilar shamshir yoʻnalishi boʻyicha bellashdi. Qizlar oʻrtasida boʻlib oʻtgan bahslarda toshkentlik Fernanda Xereralara oltin medalga sazovor boʻldi. Keyingi oʻrinlar Jasmina Abdullayeva (Jizzax) va Toʻlqinoy Bekbauliyeva (Qoraqalpogʻiston Respublikasi)ga nasib etdi.

Oʻgʻil bolalar oʻrtasida esa qoraqalpogʻistonlik Allaniyoz Yoshjanovga teng keladigani topilmadi. 2-oʻrinni Musa Aymuratov (Qoraqalpogʻiston Respublikasi), 3-oʻrinni esa Oskar Tilyabov (Toshkent) egalladi.

Gʻolib va sovrindorlar diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Muhammad AMIN (surat), OʻzA
693