“Tashkent Challenger – 2017” an’anaviy xalqaro turniri boshlandi
Nufuzli musobaqada yigirmaga yaqin davlatdan yuzga yaqin tennischi yakkalik va juftlik bahslarida g‘oliblik uchun kuch sinashmoqda.
Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida Professional tennischilar uyushmasi musobaqalari taqvimidan joy olgan “Tashkent Challenger – 2017” an’anaviy xalqaro turniri boshlandi.Nufuzli musobaqada yigirmaga yaqin davlatdan yuzga yaqin tennischi yakkalik va juftlik bahslarida g‘oliblik uchun kuch sinashmoqda.
O‘zbekiston tennis federatsiyasi Professional tennischilar uyushmasi, Xotin-qizlar tennis uyushmasi va Xalqaro tennis federatsiyasi bilan hamkorlikda mamlakatimizda erkaklar, xotin-qizlar, o‘smirlar va bolalar o‘rtasida xalqaro miqyosdagi musobaqalarni muntazam o‘tkazib kelmoqda.
Bu yilgi musobaqning dastlabki davrasida ikki mahoratli tennischimiz Denis Istomin va Farrux Do‘stov o‘zaro bahslashsa, Sanjar Fayziyev Bosniya va Gersegovina vakili Aldin Setkichga qarshi kortga chiqadi. Shuningdek, yosh tennischilarimizdan Humoyun Sultonov vengriyalik Atilla Balazs, Jo‘rabek Karimov qozog‘istonlik Aleksandr Bublik, Temur Ismoilov italiyalik Tomas Fabbiano bilan kuch sinashadi.