Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

14.09.2017 12:47 Chop etish versiyasi

Tennischilarimizning nufuzli turnirlardagi g‘alabalari

Mamlakatimiz tennischilari Misr, Turkiya, Xitoy va Gruziyada o‘tkazilayotgan nufuzli turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Misrda "Fyuchers" turkumiga kiruvchi turnirning yakkalik bahslarida sportchimiz Sergey Fomin chexiyalik Alessandro Richchi bilan raqobatlashdi. Bahsda tennischimiz raqibini har ikkala setda 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, ikkinchi davrada fransiyalik Tomas Breshemega qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.

Tennischimiz Saida’lo Saidkarimov Turkiyada o‘tayotgan musobaqaning juftlik bahslarida yaponiyalik sherigi Naru Shirafuji bilan birgalikda meksikalik Daniyel Garza va Angel Peredo ustidan 6:2, 6:3 hisobida zafar quchdi. Endi Saida’lo va Naru yarim final yo‘llanmasi uchun bo‘lib o‘tadigan bellashuvda avstriyalik Peter Goldshtayner va rossiyalik Ronald Slobodchikov bilan kuch sinashadi.

Xitoyda xotin-qizlar o‘rtasida o‘tayotgan turnirda Sabina Sharipova yakkalik bahslarining navbatdagi bosqichida mezbon Jiaksi Ludan 6:2, 6:3 hisobida ustun kelgan bo‘lsa, juftlik bahslarida belaruslik Lidziya Morozova bilan chorak finalda xitoylik Yuki Sheng va Vushuang Jengni 6:3 6:1 hisobida yengdi. Sabina va Lidziya yarim finalda xitoylik tennischilar Xangyu Ju va Kyu Yuye bilan bahs olib boradi.

Nigina Abduraimova Gruziyadagi musobaqada chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. U ikkinchi davrada rossiyalik Yana Sizikova ustidan g‘alaba qozonib, yarim final yo‘llanmasi uchun uchrashuvda Polina Leykina (Rossiya) bilan kuch sinashadigan bo‘ldi.

Shuningdek, Nigina musobaqaning juftlik bahslarida rossiyalik Anastasiya Frolova bilan yarim finalda gruziyalik Tatiya Mikadze va Sofia Shapatova bilan bahslashadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA
1 794






Все о погоде - Pogoda.uz