Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

01.03.2017 12:16 Chop etish versiyasi

Tennischilarimiz xalqaro turnirlarda muvaffaqiyat qozonmoqda

Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina Sharipova Kuala-Lumpur shahrida davom etayotgan "Malaysian Open – 2017" xalqaro turnirining asosiy to‘r bahslari birinchi davrasida g‘alaba qozondi.

Sabina Sharipova ushbu davrada tayvanlik Se Su Veyni 7:5, 5:7, 6:1 hisobida yengdi. Tennischimiz ikkinchi davrada niderlandiyalik Lesley Kerkxove bilan kuch sinashadi.

Qozog‘istonda o‘smirlar va qizlar o‘rtasida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan turnirni yosh sportchilarimiz muvaffaqiyatli boshladi.

Iste’dodli tennischimiz Odil Karimov rossiyalik Nikita Skibinskiyni mag‘lubiyatga uchratib, ikkinchi davrada qozog‘istonlik Sundet Nagimetovni sinovdan o‘tkazadigan bo‘ldi. Olesya Kim rossiyalik Yevgeniya Safronova ustidan 6:3, 6:2 hisobida zafar quchdi. U navbatdagi bosqichda rossiyalik Yelizaveta Koklinaga qarshi kortga chiqadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA
1 360






Все о погоде - Pogoda.uz