Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

19.04.2017 13:15 Chop etish versiyasi

Tennischilarimiz g‘alabalari

Buxoro shahrida o‘tayotgan “Fyuchers” turkumiga kiruvchi xalqaro turnirni tennischilarimiz g‘alaba bilan boshladi.

Musobaqaning yakkalik bahslarida Temur Ismoilov, Sanjar Fayziyev va Saida’lo Saidkarimov birinchi davrada zafar quchib, navbatdagi bosqichga chiqdi.

Juftlik bahslarida Botir Safoyev va Pavel Soy, Sanjar Fayziyev va Yevgeniy Tyurnev (Rossiya), Temur Ismoilov va Markos Kalovelonis (Rossiya) juftliklari g‘alaba qozonib, chorak finalga yo‘l oldi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA
420






Все о погоде - Pogoda.uz