Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

13.04.2017 16:38 Chop etish versiyasi

Tennischilarimiz chorak finalda

Turkiya va Qozog‘istonda Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan xalqaro turnirlarda mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan Sabina Sharipova, Albina Xabibulina va Sanjar Fayziyev chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Turkiyada xotin-qizlar o‘rtasidagi musobaqaning ikkinchi davrasida kuchli tennischilarimizdan biri Sabina Sharipova turkiyalik Ayla Aksuni 3:6, 7:6, 6:2 hisobida yengdi va chorak finalda belaruslik Vera Lapkoga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.

Shuningdek, Sabina musobaqaning juftlik bahslarida rossiyalik Yekaterina Yashina bilan birga birinchi davrada g‘alaba qozondi. Endi ular yarim final yo‘llanmasi uchun rossiyalik Veronika Kudermetova hamda turkiyalik Ipek Soyluga qarshi bahs olib boradi.

Qozog‘istonda o‘zining betakror o‘yinlari bilan mutaxassislar e’tirofiga sazovor bo‘layotgan mahoratli sportchimiz Albina Xabibulina rossiyalik Kseniya Sharifovani 3:6, 6:3, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Mazkur turnirning chorak final uchrashuvi Albina va ukrainalik Katerina Sliusar o‘rtasida o‘tadigan bo‘ldi.

Iste’dodli tennischimiz Sanjar Fayziyev Qozog‘istonda o‘tkazilayotgan "Fyuchers" turkumidagi musobaqaning ikkinchi bosqichida mezbon Roman Hasanov ustidan g‘alaba qozondi. Sanjar yarim finalga chiqish uchun rossiyalik Ivan Gaxov bilan raqobatlashadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA
697






Все о погоде - Pogoda.uz