Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

17.04.2017 16:32 Chop etish versiyasi

Taekvondo: kuch, tafakkur va salomatlik

Taekvondo: kuch, tafakkur va salomatlik Qarshida taekvondo (WTF) bo‘yicha Amir Temur kubogi uchun mamlakat ochiq chempionati o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi hamda Taekvondo assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 2000-2002, 2003-2005, 2006-2007-yillarda tug‘ilgan 850 dan ortiq sportchi o‘n vazn toifasida g‘oliblik uchun bahslashdi.

Chempionatda umumjamoa hisobida Toshkent shahri jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Qashqadaryo va Buxoro viloyati taekvondochilari egalladi.

– Bugungi turnirda qo‘lga kiritgan natijam faoliyatimdagi eng yuqori g‘alabam bo‘ldi, – deydi 2002-yilda tug‘ilgan yoshlar o‘rtasida 45 kilogramm vazn toifasida birinchi o‘rinni egallagan Koson tumanidagi 19-umumta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi Davron Begimov. – Bolaligimdan sharq yakkakurashiga qiziqaman. Uch yildan buyon murabbiyim Elshod Shahriyev qo‘l ostida mashg‘ulotlarga qatnashaman. Hozirga qadar viloyat va mamlakat miqyosida o‘tkazilgan 20 dan ortiq musobaqada ishtirok etib, 17 medalni qo‘lga kiritdim. Maktabimizda sport bilan shug‘ullanish uchun barcha sharoit mavjud. Maqsadim – taekvondo bo‘yicha nufuzli xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etish.

O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA
1 485






Все о погоде - Pogoda.uz