Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

09.09.2017 14:08 Chop etish versiyasi

Suzuvchilarimiz chempionatni muvaffaqiyatli boshladi

Suzuvchilarimiz chempionatni muvaffaqiyatli boshladi Poytaxtimizda suv sport turlari bo‘yicha o‘tkazilayotgan IX Osiyo chempionatining dastlabki kunida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 3 oltin, 5 kumush va 1 bronza medalni qo‘lga kiritdi.

50 metr masofaga brass usulda suzish bo‘yicha o‘tgan bahslarda Vladislav Mustafin oltin medalni qo‘lga kiritdi. Ushbu yo‘nalishdagi qizlar bahsida Fotima Omilova shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi. Batterflyay usulda 100 metr masofaga suzish bo‘yicha Artem Kozlyuk birinchi o‘rinni egalladi.

Shuningdek, chalqancha usulda 200 metr masofaga suzish bahslarida Daniil Bukin kumush, Yegor Bolotov bronza medal sohibiga aylandi. 50 metrga  brass usulda suzish bo‘yicha Odilbek Yusufboyev va Alyona Vasileva terma jamoamiz hisobiga navbatdagi kumush medalni qo‘shib qo‘ydi.

8.jpg

– Musobaqada har bir masofadagi bahslar keskin va murosasiz tarzda o‘tmoqda, – deydi Fotima Omilova. – Bu yerga kelgan barcha sportchilar mahoratlidir. Ishonamizki, kelgusi bahslarda ham yangi muvaffaqiyatlarga erishamiz.

Suvga 1 metrlik tramplindan sakrash bahslarida Doston Botirov va Olga Morozova kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Javohir Toshxo‘jayev, Muhammad Amin (surat), O‘zA
1 574






Все о погоде - Pogoda.uz