Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

14.09.2017 16:40 Chop etish versiyasi

Suv polosi musobaqasida terma jamoamiz kumush medalni qo‘lga kiritdi

Suv polosi musobaqasida terma jamoamiz kumush medalni qo‘lga kiritdi Poytaxtimizda suv sporti turlari bo‘yicha o‘tkazilayotgan IX Osiyo chempionatining suv polosi bo‘yicha qizlar o‘rtasidagi musobaqasi yakunlandi.

Chempionatda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Xitoy va Yaponiya qizlar terma jamoasi o‘zaro g‘oliblik uchun kuch sinashdi.

Ushbu bahslarda terma jamoamiz dastlab xitoylik tengdoshlarini 8:5 hisobida yenggan bo‘lsa, Qozog‘iston terma jamoasi bilan 7:7 hisobida durang o‘ynadi. Musobaqaning so‘nggi uchrashuvida sportchilarimizga omad yetishmadi va Yaponiya terma jamoasiga kichik hisobda imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi kumush medal bilan taqdirlandi. Qozog‘iston terma jamoasi oltin, Xitoy terma jamoasi esa bronza medalga sazovor bo‘ldi.

– Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib, shohsupaga ko‘tarilganimizdan xursandmiz, – deydi terma jamoamiz a’zosi Madina Hafizova. – Musobaqaning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga erishishimda murabbiylarim va jamoadoshlarimning hissasi juda katta. Kelgusida nufuzli musobaqalarda yanada yuqori natijalarga erishish uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni ishga solamiz.

IX Osiyo chempionati sinxron suzish musobaqasining dastlabki kunida sportchilarimiz guruh bahslarining "High light" yo‘nalishida bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Javohir Toshxo‘jayev, Muhammad Amin (surat), O‘zA
3 082






Все о погоде - Pogoda.uz