Stol tennisi: XIV respublika turniri yakunlandi
Poytaxtimizda o‘smirlar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha “Sog‘lom avlod uchun” fondi kubogi uchun XIV respublika turniri yakunlandi.
Poytaxtimizda o‘smirlar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha “Sog‘lom avlod uchun” fondi kubogi uchun XIV respublika turniri yakunlandi.“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, Xalq ta’limi vazirligi, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi hamda stol tennisi federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan mazkur musobaqada 60 ga yaqin o‘g‘il-qiz o‘zaro kuch sinashdi.
Diana Aristanova, Diana Polesheva, Nasiba Tojioxunova, Muhammadamin Abdurasulov, David Lutfullayev va Shohrux Iskandarov shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.
Juftlik bahslarida Javohirbek Istamov va Muhammadamin Abdurasulovga teng keladigani topilmadi. Qizlar o‘rtasida Hulkaroy Shomurodova hamda Nilufar Abduvaliyeva birinchi o‘rinni egalladi.
"Eng yaxshi o‘yinchi", "Eng faol o‘yinchi", "Eng yosh o‘yinchi", "Eng tezkor o‘yinchi" nominatsiyalari bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi.
Turnir yakunida g‘olib va sovrindorlarga tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.