Nukusda “Otam, onam va men – sportchi oila” musobaqasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

“Mahalla” xayriya jamoat fondi, “Nuroniy” jamg‘armasi, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi xotin-qizlar qo‘mitasi, Ichki ishlar, Xalq ta’limi vazirliklari, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada Prezidentimiz rahnamoligida oilalarda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish orqali sportning ommaviyligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Musobaqada uning quyi bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 15 oilaviy jamoa o‘zaro bahslashdi. To‘siqlar osha estafeta, kim chaqqon va mergan, mohir hujumchi, arqon tortish, kim epchil o‘yinchi kabi 7 shart bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichga erishgan Nukus shahri Turon mahallasida yashovchi O‘rolboy Bekniyozov oilasi birinchi o‘rinni egalladi.

Ikkinchi o‘ringa Kegeyli tumanidagi “Obod” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Nukusboy Yerejepov oilasi, uchinchi o‘ringa Qorao‘zak tumani Mustaqillik xiyoboni mahallasida yashovchi Azamat Reyimov oilasi sazovor bo‘ldi.

G‘oliblar musobaqa tashkilotchilarining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sportchi oilalar musobaqasi