O‘zA O`zbek

04.09.2018 15:01 Chop etish versiyasi

Sport xabarlari

Sport xabarlari
TЕNNIS. Tennischilarimiz Denis Istomin va Sabina Sharipova xalqaro musobaqalarda ishtirok etmoqda.

Sabina Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan Xorvatiyaning Zagreb shahrida oʻtkazilayotgan turnirning ilk bosqichida ruminiyalik Aleksandra Kadatsuga qarshi kortga chiqadi.

AQSHda “Chellenjer“ turkumiga kiruvchi “Chicago Challenger“ musobaqasida esa Denis yakkalik bahslari birinchi davrasida salvadorlik Marselo Alvaroga qarshi oʻyin oʻtkazadi.

* * *

FUTBOL. Bugun, 4 sentyabr kuni futbol boʻyicha Oʻzbekiston Pro-ligasida 24-tur uchrashuvlariga start beriladi.

Musobaqaning ilk bahslarida “A“ guruhidan oʻrin olgan jamoalar oʻzaro oʻyin oʻtkazadi. Unda “Xorazm“ – “Mashʼal“, “Surxon“ – “Dinamo“, “Shoʻrtan“ – “Norin“, “Orol“ -– “Andijon“ klublari oʻrtasida bahslar boʻlib oʻtadi.

* * *

MUAYTAY. Isteʼdodli sportchimiz Mavlud Tifiyev Tailandda muaytay boʻyicha oʻtgan “MX Muay XTREME“ turnirida gʻalaba qozondi.

Mavlud mazkur musobaqada mezbonlar vakili Mibon Nanpin bilan raqobatlashdi. 64 kilogramm vazn toifasida oʻtgan ushbu jangda M.Tifiyev raqibini nokautga uchratib, jangni muddatidan oldin yakunladi.

J.Toshxoʻjayev, OʻzA
3 507