Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

13.03.2017 12:19 Chop etish versiyasi

Sport xabarlari

Yunon-rum kurashi. Turkiyaning Istanbul shahrida yunon-rum kurashi bo‘yicha xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi.

Nufuzli turnirda dunyoning o‘nga yaqin mamlakatidan 150 dan ziyod polvon sakkiz vazn toifasida g‘oliblik uchun kuch sinashdi.

Vazni 130 kilogramm bo‘lgan polvonlar o‘rtasidagi bahslarda mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Mo‘min Abdullayev belaruslik Kiril Grishchenko, ozarbayjonlik Oyan Nazariyoni, gruziyalik Beka Kandelakini mag‘lubiyatga uchratib, kumush medalni qo‘lga kiritdi.

***

Tennis. Gretsiyada “Fyuchers” turkumidagi “Heraklion – 2017” xalqaro turnirida ishtirok etayotgan tennischimiz Temur Ismoilov chorak finalga chiqdi.

Musobaqaning ikkinchi davrasida Temur mezbonlar vakili Anastasios Pavlis bilan kuch sinashdi va 6:7, 6:3, 6:2 hisobida g‘alaba qozondi. Endi T.Ismoilov chorak finalda chexiyalik Mixal Konechni bilan raqobatlashadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA
1 521






Все о погоде - Pogoda.uz