Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

18.09.2017 15:02 Chop etish versiyasi

Sport xabarlari

Taekvondo. O‘zbekiston terma jamoasi taekvondo (ITF) bo‘yicha yoshlar, o‘smirlar va kadetlar o‘rtasida Italiyada o‘tkazilgan jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Musobaqada terma jamoamiz a’zolari 26 oltin, 15 kumush hamda 18 bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rinni Rossiya terma jamoasi, uchinchi o‘rinni Italiya terma jamoasi qo‘lga kiritdi.

* * *

Qilichbozlik. Poytaxtimizda qilichbozlik bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatining rapira yo‘nalishida g‘oliblar aniqlandi.

Chempionatda toshkentlik Jonibek Xolmurodov, Doniyor Sa’dullaev, Sirojxon Boychayev shohsupaga ko‘tarilgan bo‘lsa, xotin-qizlar o‘rtasida samarqandlik Umida Ilyosova oltin medalni qo‘lga kiritdi. Toshkentlik Ilayda Gedikli va Madina Parpiyeva kumush hamda bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA
984






Все о погоде - Pogoda.uz