Andijonda "Xotin-qizlar sportini rivojlantirish – davr talabi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Andijon viloyati hokimligi, xotin-qizlar qo‘mitasi, jismoniy tarbiya va sport, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmalari hamkorligida 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasining “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilgan tadbirda sportni rivojlantirishga daxldor tashkilot va muassasalar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, sportchilar ishtirok etdi.

Prezidentimiz rahnamoligida xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni sportning ommaviy turlariga keng jalb etish, iste’dod va salohiyatini to‘laqonli yuzaga chiqarishi uchun barcha sharoit yaratilayotgani ta’kidlandi.

– Viloyatda xotin-qizlarning sport bilan shug‘ullanishi uchun 4 ming 595 zamonaviy sport inshooti faoliyat yuritmoqda, – deydi Andijon viloyati hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Manzura Yunusova. – Viloyatdagi bolalar sporti, shuningdek, maktabdan tashqari va ta’lim muassasalarida 350 ga yaqin murabbiya mashg‘ulotlar olib bormoqda. Bugungi kunda viloyatda 20 mingdan ziyod xotin-qiz sport bilan muntazam shug‘ullanmoqda, 110 mingga yaqini ommaviy sport turlariga jalb etilgan.

Joriy yilning o‘tgan davrida andijonlik qizlar tomonidan mamlakat va xalqaro miqyosdagi sport musobaqalarida 171 oltin, 169 kushush, 141 bronza medali qo‘lga kiritildi. Ularning 2 nafari jahon, 6 nafari Osiyo, 3 nafari Markaziy Osiyo chempioni degan sharafga sazovor bo‘ldi.

Anjumanda “Xotin-qizlar, xususan, uy bekalarini jismoniy tarbiya va sportga jalb etish hamda ayollar sportini rivojlantirishda mutasaddi va jamoat tashkilotlari hamkorligini mustahkamlashning muhim vazifalari”, “O‘quvchi qizlar o‘rtasida sportni rivojlantirish va bu boradagi ishlarni yanada takomillashtirish”, “O‘smir qizlar va ayollar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportning ahamiyati”, “Xotin-qizlar sporti: imkoniyat va istiqbollar” kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.

Viloyatda haftaning har chorshanbasi – sport kuni, deb e’lon qilingan. Shu kuni korxona, tashkilot va muassasalarda turli sport tadbirlari o‘tkazilayotgani aholi, ayniqsa, xotin-qizlar o‘rtasida sportning ommaviyligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etayotir.

Tadbirda ushbu yo‘nalishdagi ishlarni yanada takomillashtirish, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan fikr almashildi. Andijonlik sportchi-qizlar erishgan yutuqlar haqida hikoya qiluvchi videofilm namoyish etildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sport – salomatlik garovi