Yirik davlat arbobi va atoqli yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash bo‘yicha Respublika tashkiliy qo‘mitasi ishlab chiqqan dasturga ko‘ra, Jizzaxda sportning eng ommaviy turlari bo‘yicha xotira turnirlari va birinchiliklar o‘tkazildi.

Dastur doirasida 2002-2003-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida boks bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, Boks federatsiyasi hamda Jizzax viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 364 nafar yosh sportchi qatnashdi.

3.jpg

Jizzax olimpiya zaxiralari kollejida bir hafta davom etgan musobaqalarda 15 vazn toifasida g‘oliblar aniqlandi. G‘olib va sovrindorlarga Sharof Rashidov siymosi tushirilgan maxsus medallar, diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.

Musobaqa doirasida yosh sportchilar atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidovning hayot va mehnat faoliyati, u tug‘ilgan hududning diqqatga sazovor joylari bilan tanishdi. Sharof Rashidov yodgorlik majmuasi, muzeyi, Hamid Olimjon va Zulfiya xiyoboni, Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti fanini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internati, yurtimizning ulug‘ farzandlari voyaga yetgan zaminda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

5.jpg

– Musobaqa tengdoshlar bilan nafaqat boksda o‘zaro kuch sinashish, balki Vatanimiz tarixini, buyuk ajdodlarimiz hayotini o‘rganishda ham amaliy dars bo‘ldi, – deydi musobaqa g‘oliblaridan biri Namangan olimpiya zaxiralari kolleji o‘quvchisi Ilhom Ortiqov. – Musabaqadan bo‘sh paytlarimizda Jizzaxning diqqatga sazovor joylariga uyushtirilgan ekskursiyalar Vatanimiz tarixi, ulug‘ ajdodlarimiz hayoti haqidagi bilimimizni boyitdi. Ayniqsa, Sharof Rashidov hayoti va faoliyati haqida ko‘p yangi ma’lumotlarga ega bo‘ldik.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sharof Rashidov xotirasiga bag‘ishlangan musobaqa