O‘zA O`zbek

04.03.2018 20:23 Chop etish versiyasi

“Sevinch” tarixidagi yirik g‘alabalardan yana biri

“Sevinch” tarixidagi yirik g‘alabalardan yana biri Poytaxtimizdagi “Yoshlik” sport majmuida futzal bo‘yicha ayollar jamoalari o‘rtasida O‘zbekiston XIV milliy chempionatining 2-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.

Birinchi tur yakunlariga ko‘ra, Qarshining “Sevinch” jamoasi yakka peshqadam bo‘lib turibdi.

4.jpg

Bugun musobaqaning 2-kunida “Metallurg W” va “Lokomotiv W” jamoalari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Qiziqarli o‘tgan o‘yinda 10:3 hisobida bekobodliklar g‘alaba nashidasini surdi. Navbatdagi o‘yin Qarshining “Sevinch” va Olmaliqning “AGMK” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Bu bellashuvda qarshiliklar katta ustunlik bilan (26:0) tengdoshlarini dog‘da qoldirdi.

Musobaqa 7-martga qadar davom etadi.

Matn va surat muallifi Muhammad Amin, O‘zA
5 355