Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

21.04.2017 18:40 Chop etish versiyasi

“Sarhad” – musobaqa g‘olibi

“Sarhad” – musobaqa g‘olibi Qarshi serjantlar tayyorlash maktabida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Shunqorlar” harbiy-sport musobaqasining Qashqadaryo viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini yanada yuksaltirish, ularni harbiy xizmatga tayyorlash maqsadiga qaratilgan musobaqa “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti viloyat kengashlari, viloyat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etildi.

Musobaqada 14 jamoa merganlik, kross, turnikda tortilish, granata uloqtirish, to‘siqli yo‘laklardan o‘tish, joy topografiyasi kabi harbiy-sport hamda ijtimoiy-huquqiy tayyorgarlik, harbiy varaqalar, albom va shartli belgilar ko‘rigi, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” asari bilimdoni kabi shartlar bo‘yicha bahslashdi.

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti qoshidagi “Nuriston” akademik litseyining “Sarhad” jamoasi birinchi o‘rinni egalladi va musobaqaning mamlakat bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA
268






Все о погоде - Pogoda.uz