Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

14.04.2017 16:39 Chop etish versiyasi

Sanjar yarim finalda

Tennis bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Sanjar Fayziyev Qozog‘istonda o‘tkazilayotgan “Fyuchers” turkumiga kiruvchi musobaqaning yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Musobaqa chorak finalida Sanjar Fayziyev rossiyalik Ivan Gaxov bilan raqobatlashdi. Uchrashuvning birinchi setida 2:6 hisobida yutqazib qo‘ygan Sanjar keyingi ikki setda o‘yin tizginini qo‘lga oldi va 7:5, 6:4 hisobida raqibini mag‘lubiyatga uchratdi.

Endi S.Fayziyev final yo‘llanmasini hal qilish uchun ispaniyalik Mariya Vilella-Martinesga qarshi kortga chiqadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA
2 174






Все о погоде - Pogoda.uz