Xitoyda Xalqaro tennis federatsiyasi – ITF tomonidan ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro turnirda Sabina Sharipova finalda mag‘lubiyatga uchratdi.

Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina Sharipova musobaqaning chorak finalida xitoylik Ao Gaini, yarim finalda gonkonglik Jan Linni mag‘lubiyatga uchratib, finalda yana bir mezbon tennischi Xinyu Gaoga qarshi kortga chiqdi.

Turnirning so‘nggi hal qiluvchi final o‘yinida hamyurtimizning o‘yini qovushmadi va 6:1, 6:2 hisobida o‘yinni boy berdi.

Mazkur uchrashuvdan so‘ng Sabina Sharipova O‘zA muxbiriga final uchrashuvidagi fikrlarini aytib o‘tdi.

– Men uchun musobaqa ko‘ngildagidek o‘tdi. Nima bo‘lganda ham o‘z o‘yinimdan qoniqdim. To‘g‘ri finalda hech o‘yinim qovushmadi. Tennisda yo yutasan, yoki mag‘lub bo‘lasan. Gao yaxshi tennischi va u o‘zgacha uslubda o‘ynaydi. Kelgusi musobaqalarda g‘alaba qozonishga harakat qilaman, – deydi Sabina Sharipova.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sabina finalga chiqdi, ammo...