Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

02.02.2018 07:29 Chop etish versiyasi

Rossiyada tennis malikalari bahslashmoqda

7c263fd4a70bef2de46c8a7bfaf8a7f4.jpg

Rossiyaning Sank-Peterburg shahrida “WTA St. Petersburg Ladiyes Trophy – 2018” turnirida ikkinchi davra bahslari yakunlandi.


“Premiyer” turkumiga kiruvchi musobaqaning chorak final yo‘llanmasi uchun o‘tkazilgan daniyalik Karolin Voznyaski va rossiyalik Anastasiya Potapova uchrashuvida 6:0, 6:1 hisobida qayd etildi.

Fransiyalik Kristina Mladenovich esa ikkinchi davrada slovakiyalik Dominika Sibulkovani har ikkala setda 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, germaniyalik Yuliya Gerges italiyalik Roberta Vinchini 7:5, 6:0 hisobida yengdi.

Shuningdek, Alena Ostapenko (Latviya), Yelena Ribakina (Rossiya), Darya Kasatkina (Rossiya), Katerina Sinyakova (Chexiya), Petra Kvitova (Chexiya) ikkinchi bosqichda g‘alaba qozonib, chorak finalga chiqdi.


Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA
7 189