Asrimizning ikkinchi o‘n yilligida Ispaniya jamoalari YeChLda o‘zlarining yakkahukmronligini o‘rnatdi. Ularni shohsupadan qaysi klub tushira oladi? Buni bilmadigu, ispanlarning statistikasiga nazar solib hayratdan yoqa ushlaysiz.

Kecha YeChL — 2017/2018 nimchorak final bahslari nihoyasiga yetganidan xabaringiz bor. Bu safar ham chorak finalda Pireney yarim orolidan 3 ta jamoa qatnashadi. Joriy mavsumni ham qo‘shib hisoblasak, ketma-ket 6 yildan beri Ispaniyadan 3 vakil bu bosqichga yetib kelmoqda. 8 birinchilikdan buyon kamida 2 ta superklub ¼  final vazifasini uddalashga erishgan. Qo‘shimchasiga bu chorak finalchilarning yo‘q deganda 2 tasi oxirgi 7 yilda keyingi bosqich masalasini ijobiy hal qilishgan.

gettyimages-521317492.jpg

Mana shu 7 mavsumning 5 tasida final havosidan yo “Real Madrid” yo “Barselona” yoki “Atletiko Madrid” bahra olishga muvoffaq bo‘layotir. Hatto muxlislar 2013/2014, 2015/2016 yillarda hal qiluvchi raundda Madrid derbisining guvohiga aylanishdi. Kubok esa 4 yildan beri Pireneydan chiqolmay zerikib ham ketdi.

“Barselona” ketma ket 11 bor chorak finalga yo‘l olgan Yevropaning yagona jamoasi bo‘lib turibdi. “Real”dan boshqa hech qaysi jamoa orqama-keyin 7 marta yarim finalda qatnasha olgani yo‘q. Ko‘hna qitaning eng nufuzli musobaqasi tarixida 100 lik “dovon”ni zabt etgan 2 ta superyulduz ham sizga ma’lumki, Ispaniyada to‘p suradi: Messi va Ronaldu...

nintchdbpict000288546842.jpg

Xullas, YeChLning ko‘plab rekordlari oxirgi paytlarda Pireney mamlakati klublari nomi bilan bog‘liq. “Real” va “Barsa” hozir o‘zining optimal formasiga kirgan. Ammo ularning yo‘liga g‘ov bo‘lishi mumkin bo‘lgan “Manchester Siti”, “Bavariya”, “Yuventus”kabi grandlar ham borki, bu yilgi to‘qnashuvlarning intrigasini har galgidan ham oshirib yuboradi.

Eslatib o‘tamiz, YeChL va YeL chorak final bosqichiga qura tashlash marosimi ertaga soat 16:00 da boshlanadi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rekordchi ispan klublari yoxud ularning YeChLdagi statistikasi qanday?