Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

12.04.2017 11:44 Chop etish versiyasi

Rashid polvon oltin medal sohibi

Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Rashid Qurbonov Estoniyaning Tartu shahrida erkin va yunon-rum kurashi bo‘yicha o‘tkazilgan "Kristjan Palusalu Memorial – 2017" xalqaro turnirida oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Vazni 86 kilogramm bo‘lgan erkin kurashchilar o‘rtasidagi bahslarning final uchrashuvida R.Qurbonov rossiyalik Anatoliy Serezenkovni katta ustunlik bilan mag‘lubiyatga uchratdi va shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA
1 986






Все о погоде - Pogoda.uz