Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

13.03.2017 16:18 Chop etish versiyasi

Qoraqalpog‘istonda taekvondo (ITF) bo‘yicha ochiq chempionat o‘tkazildi

Qoraqalpog‘istonda taekvondo (ITF) bo‘yicha ochiq chempionat o‘tkazildi Nukusda taekvondo (ITF) bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus, Taxiatosh shaharlari va Nukus tumani hamda Toshkent viloyatining Chirchiq shahridan 1991-1999, 2000-2003 yillarda tug‘ilgan 110 nafar yosh sportchi o‘zaro bahslashdi.

O‘n besh vazn toifasida bo‘lib o‘tgan musobaqa yakunida o‘smirlar o‘rtasida nukuslik Davlatnazar Ozodboyev, Bekmurza Faxriddinov, Navro‘zbek Bekturg‘anov, Alisher To‘raboyev, To‘raniyoz Yerniyozov, taxiatoshlik Dilmuhammad Turdimuratov, Abror Ishnazarov, Chirchiq shahridan Nikita Kim, Azil Odilov, Temur Qurbonov o‘z vazn toifasida g‘olib bo‘ldi.

Qizlar o‘rtasidagi bellashuvlarda taxiatoshlik Sevinch va Munisa Egambergenovalar, Maftuna Abdullayeva, chirchiqlik Mo‘ldir Jumaboyeva, Fotima Alimova, nukuslik Dilnoza Ortiqboyeva, Aynura Jo‘ldasboyeva, Mehribon Nurjonova raqibalariga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va shohsupaning yuqori pog‘onasidan joy oldi.

G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Aminboy Ortiqboyev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA
917






Все о погоде - Pogoda.uz