O‘zA O`zbek

18.04.2018 12:52 Chop etish versiyasi

Qo‘l to‘pi bo‘yicha mamlakat chempionati yakunlandi

Qo‘l to‘pi bo‘yicha mamlakat chempionati yakunlandi
Namangan shahridagi “Barkamol avlod” sport majmuasida 1999-2000 yillarda tug‘ilgan yoshlar o‘rtasida qo‘l to‘pi bo‘yicha mamlakat chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda sakkizta o‘g‘il bolalar va yettita qizlar jamoasi o‘zaro bahslashdi.

Musobaqaning o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bahsida Toshkent shahri jamoasi g‘olib bo‘ldi. Namanganlik sportchilar ikkinchi va Andijon viloyati yoshlari uchinchi o‘rinni egalladi.

Qizlar o‘rtasida Samarqand viloyati jamoasi birinchi, Andijon viloyati qizlari ikkinchi va mezbon jamoa uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

12.jpg

19.jpg

22.jpg


Hotam Mamadaliyev (surat) O‘zA
9 184