Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

06.04.2017 16:39 Chop etish versiyasi

Qirol kubogi – 2017: bokschilarimiz raqiblari ustidan g‘alaba qozondi

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Tailand poytaxti Bangkok shahrida o‘tkazilayotgan "Qirol kubogi – 2017" xalqaro turnirida muvaffaqiyatli qatnashmoqda.

Vazni 49 kilogrammgacha bo‘lgan charm qo‘lqop ustalari o‘rtasidagi bellashuvlarda Hasanboy Do‘stmatov filippinlik Karlo Paalam ustidan g‘alaba qozondi. Vazni 52 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasida Jasurbek Latipov mezbon sportchi Kritifak Duangnutni yengdi.

Vazni 56 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar bahsida tajribali sportchimiz Shahobiddin Zoirov Xitoy Taypeyi vakili Kao Shin Yyenni mag‘lubiyatga uchratdi. Vazni 60 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasida Murodjon Ahmadaliyev filippinlik Jeyms Palisteni yenggan bo‘lsa, 64 kilogrammgacha vazn toifasidagi sportchilar bellashuvida Elnur Abduraimov turkmanistonlik Zufar Saparbayevga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.

Vazni 69 kilogrammgacha bo‘lgan charm qo‘lqop ustalari o‘rtasida ringga chiqqan Shahram G‘iyosov hindistonlik Manoj Kumarni yenggan bo‘lsa, 75 kilogrammgacha vazn toifasidagi bahslarda qatnashayotgan Isroil Madrimov Xitoy taypeyilik Kan Chia Veydan ustun keldi.


Bayram Aytmurodov, O‘zA
3 704






Все о погоде - Pogoda.uz