Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

15.03.2017 13:09 Chop etish versiyasi

Qarshida o‘tkazilayotgan O‘zbekiston chempionatda dastlabki g‘oliblar aniqlandi

Qarshi shahrida milliy kurash bo‘yicha o‘tkazilayotgan O‘zbekiston chempionatida dastlabki g‘oliblar nomi aniqlandi.

Keskin va murosasiz bahslarga boy o‘tayotgan mamlakat chempionatida 60 kilogrammlik polvonlar o‘rtasida surxondaryolik Iskandar Hakimjonov, 66 kilogramm vazn toifasida buxorolik Shahram Ahadov oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Xotin-qizlar o‘rtasidagi bellashuvlarda surxondaryolik Mohinur Mo‘minova, Gulnora Sulaymonova, xorazmlik Dildora Shermetova, samarqandlik Gulnoza Ziyoyeva o‘z vazn toifalarida shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.

Musobaqa davom etmoqda.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA
290






Все о погоде - Pogoda.uz