Sirdaryoda umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida futbol bo‘yicha “Kamolot” kubogi” turnirining mamlakat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi, Ichki ishlar, Madaniyat, Sog‘liqni saqlash vazirliklari, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston futbol federatsiyasi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan ushbu an’anaviy musobaqa yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ular orasida sportning ommaviyligini oshirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga xizmat qilmoqda.

Musobaqada 6 jamoa – Navoiy, Xorazm, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan viloyatlari va Toshkent shahri vakillari o‘zaro bahslashdi.

“Kamolot” kubogi”ni Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 162-umumta’lim maktabi jamoasi qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rinni Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi 29-umumta’lim maktabi o‘quvchilari qo‘lga kiritdi. Uchinchi o‘ringa Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanidagi 34-maktab yoshlari sazovor bo‘ldi.

– Turnirda barcha jamoalar kuchli o‘yin namoyish etdi, – deydi Toshkent shahri jamoasi sardori Muzaffar Olimjonov. – Shunday murosasiz kurashda “Kamolot” kubogi”ni qo‘lga kiritganimizdan xursandmiz. Musobaqa davomida ko‘plab do‘stlar orttirdik.

San’at ustalari va yosh ijrochilar ishtirokidagi konsert dasturi, qiziqarli viktorina o‘yinlari tadbirga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Poytaxtlik o‘quvchilar g‘olib