Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

15.03.2017 13:10 Chop etish versiyasi

Poytaxtimizda nufuzli tennis turnirining birinchi davra bahslari yakunlandi

Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabida Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) tomonidan o‘smirlar hamda qizlar o‘rtasidagi turnirda birinchi davra bahslari yakunlandi.

Musobaqaning yakkalik bahslarida ishtirok etayotgan Odil Karimov qirg‘izistonlik Namozbek Dushembiyevga qarshi maydonga tushdi va uchrashuvni 6:0, 6:4 hisobida o‘z foydasiga hal qildi. 

Yasmina Karimjonova rossiyalik Aisha Kukushkinani 6:0, 6:3, Laylo Bahodirova esa rossiyalik Mariya Solnushkinani 6:1, 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Nufuzli turnirning juftlik bahslarida umidli tennischilarimizdan bo‘lgan Kamola Umarova turkiyalik sherigi Selin Ovunch bilan birga Yekaterina Dmitrichenko (Qozog‘iston) va Varvara Kuksina (Rossiya) ustidan zafar quchdi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA
997






Все о погоде - Pogoda.uz